» » Rossiyalik kosmonavt Ilon Maskning fanga hissasini baholadi

Rossiyalik kosmonavt Ilon Maskning fanga hissasini baholadi


SpaceX kompaniyasi asoschisi Ilon Mask tufayli Rossiyaning bir qator kosmik loyihalari muddatidan ancha avval amalga oshirilishi mumkin. Bu haqda rossiyalik kosmonavt Oleg Artyomyev matbuot anjumani vaqtida ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Kosmonavtning so‘zlariga ko‘ra, bir qator rejalashtirilayotgan parvozlar 2030—2040-yillarda amalga oshiriladi. Biroq Ilon Mask tufayli bu muddat o‘zgarishi mumkin. U Marsga parvozni ancha vaqtliroq sanaga e’lon qilgan. Agar u o‘z rejalarini amalga oshirsa, Rossiyaning loyihalari sanasi ham o‘zgarishi mumkin.

2016-yilning yanvar oyida Gonkongda bo‘lib o‘tgan investitsion forumda Mask o‘z kompaniyasi Marsga parvozni 2020—2025-yillarda amalga oshirishga umid qilayotganini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2018, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют