» » Oq Uy xodimi avtobus bekatida elektron pochtasining parolini unutib qoldirdi

Oq Uy xodimi avtobus bekatida elektron pochtasining parolini unutib qoldirdi


Oq Uy xodimi Rayan MakEvoy 18-mart kuni avtobus bekatida himoyalangan ProtonMail elektron pochtasining manzili va paroli yozilgan varaqni unutib qoldirdi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Varaqni topib olgan kishi manzil va parolning haqiqiy ekanligini tekshirib ko‘rishga jazm qilgan. Oq Uy xodimi ma’lumotlarni rasmiy hujjatlar uchun mo‘ljallangan oddiy qog‘ozga yozgan. Ma’lumotlarni e’lon qilish uchun OAV foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini yashirgan.

Elektron pochtaning shaxsiy yoki xizmat maqsadlarida foydalanilgani noma’lum. ProtonMail himoyalangan elektron pochta bo‘lib, xakerlar unga hujum qilganda, xatlarni ocha olmaydi.

ProtonMail 20-mart kuni bayonot bergan va foydalanuvchilarni “parolga nisbatan bu kabi ahmoqlik qilmaslikka” chaqirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2018, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют