» » Buxoro — Miskin temir yo‘l liniyasida yo‘lovchi poyezdlar harakati boshlandi

Buxoro — Miskin temir yo‘l liniyasida yo‘lovchi poyezdlar harakati boshlandi


Toshkent — Urgench va Toshkent —Nukus — Qo‘ng‘irot yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdlar 20-martdan boshlab yangi qurilgan Buxoro — Miskin temir yo‘l liniyasi orqali harakatlanishni boshladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Hozirgi kunga qadar Toshkent — Urgench poyezdi 1027, Toshkent—Nukus—Qo‘ng‘irot poyezdi 1327 kilometr yo‘l bosib Navoiy — Uchquduq — Miskin magistrali orqali harakatlangan bo‘lsa, ushbu loyihaning qurib bitkazilishi bilan poyezdlar qatnovi qariyib 100 kilometrga qisqardi. Bu yo‘l uchun ketadigan vaqtni, yonilg‘ini va boshqa xarajatlarni tejashga zamin yaratadi.

Toshkent shahridan Urganch, Xiva, Nukus shaharlariga boradigan hamda mazkur shaharlardan Toshkent shahriga keladigan yo‘lovchi poyezdlarining harakatlanish vaqti salkam 2 soatga qisqardi.

Toshkent — Saratov, Toshkent — Volgograd, Almati — Nukus, Andijon — Urgench, Nukus — Urgench — Termez poyezdlarining ham ushbu yangi liniya orqali qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur temir yo‘lning ikkinchi bosqichida elektrlashtirish ishlari amalga oshirilib, bu yo‘nalish orqali elektropoyezdlar hamda yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob zamonaviy poyezdlari qatnovini ham amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют