» » Cambridge Analytica bilan bog‘liq mojaro sabab Facebook’ni sudga berishdi

Cambridge Analytica bilan bog‘liq mojaro sabab Facebook’ni sudga berishdi


Facebook kompaniyasi ustida AQSh sudiga da’vo arizasi taqdim etildi. Bunga Britaniyaning Cambridge Analytica kompaniyasi bilan yuzaga kelgan mojaro sabab bo‘lgani aytilmoqda, deb xabar berdi “TASS”.

Da’vo arizasi Fan Yuan ismli investor tomonidan, shuningdek, Facebook’ka sarmoya kiritib, moliyaviy zarar ko‘rgan shaxslar tomonidan taqdim etildi. So‘nggi ikki kun ichida kompaniya aksiyalari 7 foizga tushib ketdi.

Da’vo arizasida ko‘rsatilishicha, kompaniya investorlarga yo‘qotilgan mablag‘ zararini qoplash yo‘lida kompensatsiya to‘lashi darkor, biroq aynan qancha mablag‘ haqida gap ketayotgani aniqlanmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Cambridge Analytica kompaniyasi Facebook ijtimoiy tarmog‘ining 50 milliondan ortiq foydalanuvchisini shaxsiy ma’lumotlarini to‘plab saylovchilarning siyosiy imtiyozlarini tahlil qilish algoritmini ishlab chiqqani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют