» » Mark Sukerberg bir sutkada 6 milliard dollar yo‘qotdi

Mark Sukerberg bir sutkada 6 milliard dollar yo‘qotdi


Facebook asoschisi Mark Sukerberg 19-mart kuni 6 milliard dollar zarar ko‘rdi. Bunga mazkur ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ma’lumotlari tarqalib ketganligi haqida yangilik sabab bo‘ldi, deb xabar berdi “KNews”.

CNBC’ning ma’lum qilishicha, Facebook aksiyalari 19-mart kuni 8 foizga tushib ketgan. Bunga dam olish kunlari Donald Trampning saylovoldi kampaniyasi manfaatlari yo‘lida saylovchilarning fikrini o‘rgangan Cambridge Analytica ma’lumotlari sabab bo‘ldi. Ular ijtimoiy tarmoqning 50 milliondan ortiq foydalanuvchisini ulardan ruxsat olmay shaxsiy ma’lumotlarini tahlil qilgan.

Buning oqibatida Sukerberg 6,06 milliard dollar yo‘qotib, Bloomberg ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyondagi eng boy to‘rtinchi insonga aylanib qoldi. Undan oldingi pog‘onalardan Jeff Bezos, Bill Geyts va Uorren Baffet o‘rin olgan.

Facebook Cambridge Analytca’ga hech qanday aloqasi yo‘q ekanligini bildirdi. Shunga qaramay ko‘plab taniqli shaxslar, jumladan, amerikalik siyosatchilar ham ushbu mojaroga o‘z fikrini bildirdi. AQSh Demokratlar partiyasi vakili senator Mark Uornerning aytishicha, Facebook’ning siyosati “yovvoyi g‘arb” davrini eslatmoqda.

Shu bilan birga aniqlik kiritilishicha, Cambridge Analytica’ga ma’lumotlarni Global Science Research firmasiga asos solgan o‘z xodimlari Jozef Kansellor va Aleksandr Kogan yetkazib turgan.

Xabarlarga ko‘ra, Facebook xavfsizlik bo‘limi rahbari Aleks Stamos muddatidan oldin iste’foga chiqarilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют