» » Baffet va Sukerberg 3 kun ichida 3,7 milliard dollardan yo‘qotdi

Baffet va Sukerberg 3 kun ichida 3,7 milliard dollardan yo‘qotdi


AQSh fond bozorining pasayishi oqibatida eng ko‘p mablag‘ni Berkshire Hathaway rahbari Uorren Baffet va Facebook asoschisi Mark Sukerberg yo‘qotdi. Bu haqda Bloomberg agentligiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.

Har ikkala milliarderning boyligi uch kun ichida 3,7 milliard dollarga kamaydi. Google hamasoschisi Larri Peyj shu kunlarda 3,1 milliard dollar, uning hamkasbi Sergey Brin esa 3 milliard dollar yo‘qotdi. Beshlikning oxirgi o‘rnidan Zara sohibi Amansio Ortega joy oldi: uning boyligi shu uch kun ichida 2,5 milliard dollarga kamaydi.

Dunyo bo‘yicha eng boy 500 odamning shu kunlardagi yo‘qotishlari umumiy summasi 128 milliard dollarni tashkil etdi, shundan 55 milliard dollarni amerikalik boylar qo‘ldan chiqardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 20) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют