» » Bloomberg: rossiyalik 28 milliarderning boyligi 9 oy ichida 23 mlrd dollarga o‘sdi

Bloomberg: rossiyalik 28 milliarderning boyligi 9 oy ichida 23 mlrd dollarga o‘sdi


28 nafar rossiyalik milliarderlarning umumiy boyligi 2017-yilning to‘qqiz oyi ichida 23,478 milliard dollarga o‘sdi, deb yozadi “Kommersant” Bloomberg Billionaires Index’ga tayanib.

Indeksga ko‘ra, Rossiyaning eng boy odami “Severstal” asosiy aksiyadori Aleksey Mordashovdir. Uning davlati yil boshidan buyon 1,3 milliardga — 18,2 milliard dollargacha ko‘paygan. Ikkinchi o‘rinni “Norilskiy nikel” prezidenti Vladimir Potanin egalladi. Uning boyligi 1,18 milliard dollarga oshib, 17,8 milliard dollarga yetdi. Uchinchi o‘rinda — “Novatek” rahbari Leonid Mixelson, uning kapitali yil boshidan beri 836 million dollarga kamayib, 16,4 milliard dollargacha tushib qoldi.

Keyingi pog‘onalarda NLMK direktorlar kengashi rahbari Vladimir Lisin (boyligi 3,19 milliard dollarga o‘sib, 16,3 milliard dollarga yetgan) va “Renova” kompaniyalar guruhi direktorlar kengashi raisi Viktor Vekselberg (1,79 milliard dollarga ko‘payib, 16 milliard dollarga yetgan) joylashdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (3-10-2017, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют