» » Video: Xitoyda smartfon foydalanuvchining yuzidan bir necha santimetr narida portlab ketdi. Erkakka ziyon yetmadi

Video: Xitoyda smartfon foydalanuvchining yuzidan bir necha santimetr narida portlab ketdi. Erkakka ziyon yetmadi


Xitoyning Gansu provinsiyasida erkak mobil telefon batareyasini almashtirmoqchi bo‘lganida uskuna uning yuzidan bir necha santimetr narida portlab ketdi. Kuzatuv kameralari videosi internetda e’lon qilindi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Do‘kon egasining so‘zlariga qaraganda, mijoz undan maxsus qisqich olib, telefonni ochmoqchi bo‘lgan.

Erkak bir muddat oldin internetda arzon batareya sotib olgan edi. Videodan ma’lum bo‘lishicha, u mazkur batareyani eskisining o‘rniga qo‘ymoqchi bo‘layotganida batareya yonib ketgan.

Voqea ro‘y bergan paytda barcha mijozlar do‘kondan qochib chiqqan.

Erkakka ziyon yetmadi.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat ilgari Hindistonda 18 yoshli qiz smartfoni portlab ketishi oqibatida halok bo‘lgani xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 7) ( 0) ( 4) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют