» » Toshkentda Miss Union Fashion xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi (foto)

Toshkentda Miss Union Fashion xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi (foto)


O‘zbekistonda ilk bor Navro‘z ayyomi arafasida Osiyo, Afrika va Yevropa davlatlari o‘rtasida Miss Union Fashion xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda.

20-mart kuni “Zarqaynar” moda galereyasida bo‘lib o‘tgan tanlov Miss Union loyihasi muallifi, Gulnara Fashion kompaniyasi asoschisi va dizayneri Gulnora Muhammedova tomonidan tashkillashtirildi.

Loyihadan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad O‘zbekistonning moda sohasida imijini oshirish, mamlakatlar madaniyati, an’analari va dizaynerlik ishlari bilan tanishish, xorijlik sayyohlarni jalb etishdan iborat.

Loyiha bir necha yo‘nalishdan iborat. Qizlar nafaqat tashqi qiyofasi yoki sahnada qadam tashlashi, balki milliy madaniyat, moda borasidagi bilim va tasavvurlari, musiqa sozlarini chalishi va aqliy qobiliyatini namoyish etishi lozim. Hakamlar hay’ati aynan mana shu parametrlarga asosan ishtirokchilarni baholadi.

Tanlov yakuniga ko‘ra Gran-pri Qozog‘iston vakili Janiya Saidja’far, birinchi o‘rin o‘zbekistonlik So‘g‘diyona Ramizova, ikkinchi o‘rin turkiyalik Fulden Chovusho‘g‘li va uchinchi o‘rin gretsiyalik Laura Ikonomu-Mixaylovaga nasib etdi.

Zaldagi tomoshabinlar o‘z ovozlarini Tojikiston vakili Muqaddas Berkinovaga berdi va u Miss Audience nomiga munosib ko‘rildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi onlayn ovoz berishda tataristonlik Kristina Kerimovaga teng keladigan topilmadi: u Miss Online va Miss Photomodel deb topildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют