» » Ramzan Qodirovning qizi moda dunyosidagi nufuzli mukofotni qo‘lga kiritdi

Ramzan Qodirovning qizi moda dunyosidagi nufuzli mukofotni qo‘lga kiritdi


Checheniston rahbarining qizi Moskvada bo‘lib o‘tgan Fashion New Year Awards 2018 taqdirlash marosimida nufuzli mukofotni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Ayshat Qodirova “Tog‘ marvaridi” ayollar libosi kolleksiyasi uchun “Eng yaxshi namoyish” yo‘nalishida mukofot bilan taqdirlandi.

“Tog‘ marvaridi” u tomonidan yaratilgan, 50 libos va aksessuardan iborat ikkinchi kolleksiya bo‘lib, ilk bor oktabr oxirida Mercedes-Benz Fashion Week moda haftaligida namoyish etilgandi.

Ma’lumot uchun, Ramzan Qodirovning katta qizi onasi Madina tomonidan 2009-yilda asos solingan “Firdavs” moda uyi prezidenti va kreativ direktori hisoblanadi.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют