» » Londonda birinchi marta islom qoidalariga mos keluvchi liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi

Londonda birinchi marta islom qoidalariga mos keluvchi liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi


Buyuk Britaniyadagi islom dini qoidalariga mos keladigan birinchi modalar namoyishi 18-fevral, shanba kuni mamlakat poytaxtida London sipo moda haftaligi (London Modest Fashion Week) doirasida bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Ikki kunlik London sipo moda haftaligi bu yil birinchi marta hamda London moda haftaligi (London Fashion Week) bilan parallel tarzda o‘tkazilmoqda.

Londonning nufuzli Chelsi tumanidagi Saatchi galereyasida bo‘lib o‘tgan defile tashkilotchilari ta’kidlashicha, “sipo” moda hozirgi kunda moda biznesining eng tez o‘sayotgan segmentlaridan biridir.

“Ayni paytda eng tez o‘sayotgan bozor — musulmon bozori. 2030-yilga kelib, dunyodagi har uchinchi kishi musulmon bo‘ladi, bu juda ko‘p odam demakdir”, — deya 40 nafar dizaynerning ijod namunalari taqdim etilgan defile tashkilotchisi Romanna Bint-Abubakr aniqlik kiritdi.

Опубликовано: admin (19-02-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 1) ( 74) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...