» » Boyqong‘ir kosmodromidan tarkibida “Soyuz MS-08” boshqariluvchi kema bo‘lgan raketa muvaffaqiyatli uchirildi

Boyqong‘ir kosmodromidan tarkibida “Soyuz MS-08” boshqariluvchi kema bo‘lgan raketa muvaffaqiyatli uchirildi


21-mart kuni Boyqong‘ir kosmodromidan ‘Soyuz-FG’ raketa-tashuvchisi hamda ‘Soyuz MS-08’ transport kemasi tarkibiga kiruvchi raketa uchirildi. Bu haqda “Roskosmos”ga tayanib, Kazakhstan Today xabar berdi.

Kema bortida “Roskosmos” kosmonavti Oleg Artyomov, NASA astronavtlari Endryu Foystel va Richard Arnold bor.

“Soyuz-FG” raketa tashuvchisining barcha parvoz bosqichlari ketma-ket amalga oshirildi va 8 daqiqa-yu 48 soniyadan so‘ng, u Yer sun’iy yo‘ldoshi orbitasiga chiqdi. Xalqaro kosmik stansiyadagi rus segmentining tezkor guruhi mutaxassislari transport kemasi parvozini boshqarishga kirishdi.

Parvoz dasturi doirasidan Xalqaro kosmik stansiya va transport kemasining ikki tomonlama yaqinlashish sxemasi o‘rin olgan. Kemani stansiya bilan ulash 2018-yilning 23-mart sanasida Moskva vaqti bilan 22:41 da amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют