» » Toshkent shahar IIBB poytaxtda Navro‘z munosabati bilan mushakbozlik rejalashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Toshkent shahar IIBB poytaxtda Navro‘z munosabati bilan mushakbozlik rejalashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi


Toshkent shahar IIBB poytaxtda Navro‘z bayrami munosabati bilan mushakbozlik rejalashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda. 

Oldinroq ayrim mahalliy nashrlar 21-mart kuni Toshkentda katta ko‘lamda mushakbozlik bo‘lishini ma’lum qilgandi. Shu bois ko‘plab toshkentliklar va poytaxt mehmonlari Alisher Navoiy nomli milliy bog‘ va boshqa maydonlarga uni ko‘rish uchun kelgan. 

“Bunday vaziyatlarga duch kelmaslik uchun Toshkent shahar IIBB OAV xodimlarini chop etilayotgan ma’lumotlar haqqoniyligini rasmiy hokimiyat idoralari orqali tekshirib olishni so‘raydi. Mushakbozlik boshidan rejalashtirilmagandi, tasdiqlanmagan ma’lumotlar esa behuda ovozalarga sabab bo‘ldi”, — deyiladi bayonotda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют