» » Amerikalik bolakay bog‘cha uchun ob-havo dasturini tayyorladi (video)

Amerikalik bolakay bog‘cha uchun ob-havo dasturini tayyorladi (video)


AQShning Neshvill shahrida joylashgan bolalar bog‘chasining tarbiyalanuvchisi Karden Korts ijodiy topshiriqni bajardi va ta’lim muassasasi uchun ob-havo ma’lumotlari dasturini tasvirga oldi. TJournal uning ishiga e’tibor qaratdi.

Xabar berilishicha, so‘nggi oy davomida butun sinf ob-havoni va uni bashorat qilish usullarini o‘rgangan. Shundan so‘ng har bir bolaga bir kun davomida meteorolog bo‘lish vazifasi berilgan. Bolalarga uyda va bog‘chada video olish va ob-havo ma’lumotlarini tayyorlash taklif qilingan.

Korts otasidan rolikni montaj qilishda yordam berishni so‘ragan. Natijada video “ob-havo simulyatori”ga aylangan. “Meteorolog” so‘zini arang talaffuz qiladigan bolakay pultning tugmasini bosib, dovul, qor bo‘roni va tornadoga “tushib qoladi”. Keyin esa o‘z bog‘chasi oldida paydo bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 06:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют