» » Bugun ko‘rish kerak bo‘lgan o‘yinlar bor: Portugaliya — Misr, Italiya —  Argentina, Germaniya — Ispaniya…

Bugun ko‘rish kerak bo‘lgan o‘yinlar bor: Portugaliya — Misr, Italiya —  Argentina, Germaniya — Ispaniya…


Futbol muxlislarini bugun katta futbol oqshomi kutib turibdi. Avvalroq xabar berilganidek, bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Senegalga qarshi maydonga tushadi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi esa Andijonda Keniyaga qarshi maydonda saf tortadi.

Shuningdek, bugun 23-mart, juma kuni FIFA kunlari doirasida bir nechta xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ular orasida ko‘rish shart bo‘lgan bir nechta o‘yinlar bor.

Jumladan, Jahon chempionati mezboni Rossiya besh karra jahon chempionlari bo‘lmish Braziliyani qabul qiladi.

Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi esa bugun APLda javlon urayotgan Muhammad Saloh jamoadoshlari  — Misrga qarshi to‘p suradi. Krishtianu va Salohning o‘zaro qarama-qarshiligini o‘tkazib yuborib bo‘lmaydi, albatta, shunday emasmi?!

“Nemis mashinasi” — Germaniya esa Ispaniyaga qarshi kurash olib boradi. Bu o‘yinning ham qiziqarli o‘tishi kutilmoqda.

Jahon chempionati yo‘llanmasidan quruq qolgan Italiya terma jamoasi bugun Etihad stadionida Oltin to‘pning besh karra sohibi Leo Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Quyida bugun bo‘lib o‘tadigan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari va ularning vaqti ko‘rsatilgan.

O‘rtoqlik uchrashuvlari

23-mart, juma



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют