» » Janubiy Koreya sobiq prezidenti korrupsiyada gumon qilinib hibsga olindi

Janubiy Koreya sobiq prezidenti korrupsiyada gumon qilinib hibsga olindi


Seul Markaziy okrug sudi Koreya Respublikasi Bosh prokuraturasi talabnomasi bo‘yicha mamlakatning sobiq prezidenti korrupsiyada gumon qilinayotgan 76 yoshli Li Myon Bakni hibsga olishga order berdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Tergov siyosatchi ozodlikda qolgan taqdirda ish bo‘yicha dalillarni yo‘q qilishi mumkinligi tufayli mazkur oldini olish chorasi qo‘llanilishini talab qildi. Li Myon Bak bilan bir qatorda uning qarindoshlari, sobiq maslahatchi va Samsung Group kompaniyalar guruhi xodimlari ham korrupsiyada gumon qilinmoqda.

Ayblov sobiq prezident Milliy razvedka xizmati, shuningdek, bir qator tijorat tuzilmalaridan poralar olganligini ta’kidlamoqda. Bundan tashqari, Li Myon Bak avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya orqali tashkil etilgan noqonuniy fond bo‘yicha ishda figurant hisoblanadi. Ayblov Li Myon Bak 30 milliard vonga yaqin mablag‘ (20 million yevro atrofida) to‘plagan fondga egalik qilganligini taxmin qilmoqda.

Endi Bosh prokuratura 20 kun ichida siyosatchiga nisbatan rasmiy ayblovni e’lon qilishi lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют