» » Jizzax viloyat IIB yolg‘iz, nogironligi bor fuqarolar va kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatdi (foto)

Jizzax viloyat IIB yolg‘iz, nogironligi bor fuqarolar va kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatdi (foto)


Navro‘z bayrami munosabati bilan Jizzax viloyat IIB tomonidan qator xayriya tadbirlari uyushtirildi, deya xabar bermoqda boshqarma matbuot xizmati. Jumladan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi sektoridagi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan va uyida yolg‘izlarning holidan xabar olingan.

Paxtakor tumani “Samarqand” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Natalya Kim ko‘p yillardan buyon yolg‘iz yashaydi. Noto‘g‘ri operatsiya sabab 1-guruh nogironi bo‘lib qolgan. Bayram arafasida viloyat ichki ishlar xodimlari uning holidan xabar olib, ijtimoiy yordam ko‘rsatdi.

Xodimlar Qurbonoy Zokirovaning ham xonadonida bo‘lib, uni va oila a’zolarini Navro‘z bilan tabrikladi. Oila a’zosi Dilfuza Bakirovaning fuqarolik hujjatini rasmiylashtirishdagi muammo shu yerning o‘zida nazoratga olinib, unga tegishli tartibda yordam ko‘rsatildi.

Insultni boshdan kechirgan Turon Shomamatov ko‘p yillardan buyon yurishda qiynalib kelgan. “Shu bois unga nogironlik aravachasi topshirildi”, — deyiladi rasmiy axborotida.

Viloyat IIB matbuot xizmatidan ma’lum qilishlarcha, bunday xayriya tadbirlari kelgusida ham davom ettiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют