» » Qashqadaryoda 15 nafar nogiron talabaga mahalla organlari tomonidan 42 mln so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi

Qashqadaryoda 15 nafar nogiron talabaga mahalla organlari tomonidan 42 mln so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi


Qashqadaryo viloyatida 2017-yilda “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan 2 958 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, nogiron, yakka yolg‘iz qariya va Ikki Jahon urushi qatnashchilariga 1,48 milliard so‘mlik moddiy yordam pullari ko‘rsatildi. Bu haqda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Qashqadaryo viloyat kengashi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Viloyat kengashi boshqaruvi raisi Dusmurot Sultanovning so‘zlariga ko‘ra, 398 nafar imkoniyati cheklangan shaxslarga 161,9 million so‘mlik so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lib, ularning 15 nafari oliy ta’lim muassasalarining talabalari edi (ularga ko‘rsatilgan yordam hajmi qariyb 42 million so‘mni tashkil etgan).

Bundan tashqari, 61 nafar yakka yolg‘iz keksalarga 19,5 million so‘mlik, 58 nafar urush va mehnat faxriylariga 23,5 million so‘mlik, 903 nafar kam ta’minlangan oila farzandlariga 152,2 million so‘mlik, tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan 259 nafar shaxsga 13,9 million so‘mlik, 147 nafar chin yetim bolalarga 126,2 million so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatilgan.

Nogiron va mehnatga layoqatsiz 82 fuqaroning uy-joylarini ta’mirlash uchun 900 million so‘m ajratilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan 48 oilaga 40,4 million so‘mlik duxovkalar, 100 nafar nogironga esa 92 million so‘mlik nogironlik aravachalari olib berilgan.

Опубликовано: admin (8-01-2018, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют