» » 19—20-avgust kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq xayriya hasharida 18 milliondan ortiq fuqaro qatnashdi

19—20-avgust kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq xayriya hasharida 18 milliondan ortiq fuqaro qatnashdi


Joriy yilning 19—20-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan umumxalq xayriya hasharida Respublika bo‘ylab 18 million 675 ming nafardan ziyod fuqaro faol ishtirok etdi. Ularning 12 million 424 ming nafardan ortig‘ini yoshlar tashkil etdi, deb xabar berdi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi Axborot xizmati.

Ikki kun davomida el-yurt yumushiga bel bog‘lagan hasharchilarning g‘ayrat-shijoati bilan 41 ming gektarga yaqin maydon obodonlashtirildi, 27 ming kilometrdan ziyod ariq-zovur va lotoklar tozalandi, 9 mingdan ortiq qabriston hamda 800 ga yaqin ziyoratgoh tartibga keltirildi.

Bundan tashqari, qariyb 18 million tupdan ziyod daraxt va ko‘chatga shakl berilib oqlandi. Hashar ishlariga 17 mingdan ortiq texnika vositalari jalb etilishi natijasida 62 ming tonnaga yaqin chiqindi belgilangan joylarga tashib chiqarildi.

Hashar kunlari ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yakka-yolg‘iz keksalar ham e’tibordan chetda qolmadi. Xayriya tadbirlarida 18 mingga yaqin kam ta’minlangan oilalarning 615 ming metr kvadratdan ziyod uy-joylari hashar yo‘li bilan ta’mirlandi. 24 mingga yaqin ehtiyojmand oilaga, shu jumladan, 8 mingga yaqin nogiron va yolg‘iz qariyalarning holidan xabar olinib, ularga moddiy yordamlar berildi.

Mazkur xayriya tadbirlariga 5,3 milliard so‘mdan ziyod mablag‘, shundan 900 million so‘mga yaqini “Mahalla” xayriya jamoat fondi hisobidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga beminnat muruvvat yordamlari ko‘rsatishga sarflandi.

Xayriya tadbirlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanidagi “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida zamonaviy “Kitob olami” do‘koni qurib bitkazildi. Mazkur maqsadlarga “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan 500 million so‘m ajratildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-08-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 17) ( 0) ( 17) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют