» » Surxondaryo viloyatida umumxalq hasharida 1,1 mln kishi ishtirok etishi kutilmoqda

Surxondaryo viloyatida umumxalq hasharida 1,1 mln kishi ishtirok etishi kutilmoqda


Surxondaryo viloyatida joriy yilning 11–12-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan umumxalq hashariga puxta hozirlik ko‘rildi, deb xabar beradi O‘zA.

Ikki kun davomida shahar va qishloqlarimizda maydonlar obodonlashtirilib, turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, rang-barang gullar ekiladi. Ariq va zovurlar tozalanib, to‘plangan maishiy, qurilish chiqindilari belgilangan hududlarga chiqariladi. 740 dan ortiq muqaddas qadamjo va ziyoratgoh obodonlashtirilib, tevarak-atrofi tartibga keltiriladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning uy-joylari ta’mirlanib, ehtiyojmand xonadonlar, yolg‘iz keksalar va nogironlarga moddiy yordam ko‘rsatiladi.

O‘rol Toshboyev, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi rahbari

Viloyatda bayramoldi umumxalq hasharida 1 million 180 mingdan ortiq kishi ishtirok etishi kutilmoqda. Ularning 700 mingdan ziyodi yoshlardir.

To‘plangan chiqindilarni tashish va boshqa muhim yumushlarni bajarish uchun 1 160 ga yaqin turli texnika vositasi jalb etiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-03-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют