» » O‘zbekistonlik bemor bolalar Germaniyaga davolanish uchun yuborildi

O‘zbekistonlik bemor bolalar Germaniyaga davolanish uchun yuborildi


“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tashabbusi bilan kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning sakkiz nafar bemor farzandi Germaniyaga davolanish uchun jo‘natildi, deb yozadi O‘zA.

Fond O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Germaniyaning Friedensdorf International xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda 2002-yildan buyon ana shunday tibbiy-ijtimoiy loyihani amalga oshirib kelmoqda. O‘tgan vaqt mobaynida ushbu loyiha doirasida uch yuzdan ko‘proq tug‘ma va orttirilgan xastaliklar bilan kasallangan bemor bola xorijdagi zamonaviy klinikalarda sog‘lomlashtirildi. Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida to‘rt yuz nafarga yaqin bemor bolaga zamonaviy andozalar asosida tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida fondning tibbiy-ijtimoiy loyihalari ko‘lami yanada kengaymoqda. Fondning joylardagi patronaj brigadalari mutaxassislari shifokorlar bilan hamkorlikda oilalarning tibbiy-ijtimoiy holatini o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bemor bolalarni sog‘lomlashtirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-02-2017, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют