» » Toshkentda tubdan ta’mirlangan Janubiy temir yo‘l vokzali ishga tushadi (foto va video)

Toshkentda tubdan ta’mirlangan Janubiy temir yo‘l vokzali ishga tushadi (foto va video)


“Kun.uz” tubdan ta’mirlangan va ishga tushish arafasida turgan “Toshkent – Janubiy” temir yo‘l vokzalidan reportaj tayyorladi.

Vokzal binosi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 940-f sonli qaroriga asosan 2017—2018-yillarda tubdan rekonstruksiya qilindi. Rekonstruksiya jarayonida zamonaviy arxitektura talablariga muvofiq tasdiqlangan loyiha hujjatlar asosida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Bepul servis xizmatlari: Ona va bola xonasi, elektron kutubxona, Wi-Fi internet xizmati, tibbiyot xonasi, qo‘l yuki aravachasi, nogironlar aravachasi, mobil qurilmalar uchun quvvatlantirish manbai, elektron ma’lumotlar markazi, elektron ma’lumotlar tablosi, sayyohlar zali, zamonaviy lift.

Yoritish moslamalari: 68 ta tashqi, 8 ta ichki;

Televizion axborot vositalari – 20 ta;

Ma’lumot ustunlari – 4 ta;

Pullik servis xizmatlari: VIP–zal, bufet, milliy sovg‘alar shoxobchasi, gazeta va jurnallar, planshet xizmati, bending-shirinliklar.

Harakatlanishi kutilyotgan yo‘lovchi poyezdlar:

Shaharlararo qatnashi kutilayotgan yo‘lovchi poyezdlar:

“Toshkent – Janubiy” temir yo‘l vokzali 1963-yilda qurilgan bo‘lib, 1985-yilda rekonstruksiya qilingan. Umumiy maydoni 9,7 gektarni, vokzal oldi hududi esa 0,77 gektarni tashkil etgan. Vokzal binosi bir qavatli bo‘lib, oshxona, kutish zali va chiptaxonalardan iborat bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют