» » Toshkent IIBB xodimlari xotirasini yo‘qotgan Rossiya fuqarosiga oilasini topishda yordam berdi

Toshkent IIBB xodimlari xotirasini yo‘qotgan Rossiya fuqarosiga oilasini topishda yordam berdi


Toshkent shahar IIBB xodimlari xotirasini yo‘qotgan Rossiya fuqarosiga oilasini topishda yordam berdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqda Roza Faxretdinova ismli ayol 1977-yilda tug‘ilgan Dmitriy Pitko haqida yozib, uning otasi Orenburg viloyatining Aleksandrovsk tumanida yashashini bildirgan. Toshkent IIBB tezkor xodimlari Sergey Dmitriyevichni topdi va unga o‘g‘li haqida ma’lum qildi. Ota Dimani anchadan buyon qidirayotgani, hatto “Jdi menya” ko‘rsatuviga murojaat qilganini aytdi.

90-yillar boshida Sergey Dmitriyevich turmush o‘rtog‘i Nina, o‘g‘li Dmitriy va qizi Katarina bilan O‘zbekistondan Rossiyaga ko‘chib ketadi. Keyinchalik ular ajrashib ketadi. Sergey Orenburgda qoladi, Nina esa Toshkentga qaytadi. Dmitriy 1994-yilda maktabni bitirib, onasining yoniga qaytadi. O‘shandan buyon u otasi bilan ko‘rishmagan, Nina Pitko esa o‘sha yili vafot etgan.

Toshkent IIBB xodimlari Dmitriy Pitkoni to‘rt kun deganda topdi, chunki ijtimoiy tarmoqdagi postda aytilgan “aeroport atrofi” kattagina hududni egallaydi. Avtomobillarni yuvish shoxobchasidagilardan biri Dmitriyga o‘xshagan shaxsni yo‘l chetidagi qahvaxona oldida ko‘rganini aytdi. Qahvaxona egasi Eduard Chulyakov va uning turmush o‘rtog‘i Lada Dmitriyni darrov tanidi.

Ularning aytishicha, mart oyi boshida uning xotirasi qisman tiklangan, u qog‘ozga otasi haqidagi ma’lumotlar va Rossiyadagi manzilgohini yozib bergan. Keyinroq aniqlanishicha, bu ma’lumotlar qisman to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Qahvaxonada ishlovchi Yuliya Nikisheva ma’lumotlarni “Jdi menya” dasturining ijtimoiy tarmoqdagi guruhiga joylagan. Roza Faxretdinova shu asosda o‘z postini yozgan. Qahvaxona egalari va xodimlari ancha yillardan beri Dmitriyning qornini to‘qlab, ustini butlab kelgan.

Rossiyaga borish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng u Orenburgga, otasining oldiga jo‘natiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют