» » Bryus Uillis ishtirokida filmning suratga olish jarayonida o‘t o‘chiruvchi halok bo‘ldi

Bryus Uillis ishtirokida filmning suratga olish jarayonida o‘t o‘chiruvchi halok bo‘ldi


Nyu-yorklik o‘t o‘chiruvchi Maykl Devidson “Yetimlar Bruklini” filmining suratga olinishida olgan jarohatlari tufayli olamdan o‘tdi. Bu haqda The New York Post xabar bermoqda.

Suratga olish jarayonida kelib chiqqan yong‘inda besh kishi jarohat oldi, ulardan ikki nafari o‘t o‘chiruvchilar edi. Ikkinchi o‘t o‘chiruvchining ham ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

Film muallifi taniqli aktyor Edvard Norton edi. Yong‘in syomka ketayotgan St. Nick’s Jazz Pub barida ro‘y berdi. Tutunni payqagan artist o‘t o‘chiruvchilarni chaqirdi.

Filmda bosh rolni mashhur aktyor Byus Uillis ijro etmoqda.

Halok bo‘lgan o‘t o‘chiruvchi 37 yoshda edi. U 15 yildan buyon Nyu-York o‘t o‘chirish bo‘linmasida ishlab kelayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют