» » O‘zbekiston musulmonlari idorasida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston musulmonlari idorasida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov so‘zga chiqib, shayx hazratlari din rivoji yo‘lida bor kuch-quvvatlarini sarflagani, 1990-yilda 500 kishini haj ziyoratiga olib borgani, 120 dan ortiq diniy-ma’rifiy kitoblari nashr etilgani haqida bildirdi.

Zohidjon Qodirov, Imom Termiziy xalqaro markazi direktori Ubaydulla Uvatov, ukalari Muhammad Amin Muhammad Yusuf shayx hazratlari eng og‘ir davrda O‘zbekiston xalqi, uning tinchligi, odamlarning diniy sohada to‘g‘ri yo‘ldan borishlari uchun juda katta xizmat qilganlari to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Shayx hazratlarining dunyo musulmonlari o‘rtasidagi obro‘-e’tibori juda baland ekani, o‘zlarining kuchli ilmlari, hikmatli so‘zlari va ibratli amallari bilan din ravnaqiga chin dildan halol xizmat qilish bo‘yicha katta bir maktab tashkil etganlari e’tirof qilindi.

Ushbu tadbirga hamohang ravishda “Hilol nashr” nashriyoti va O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamkorligida O‘zbekistonda ilk bor chop etilgan Qur’oni Karimning o‘ziga xos nusxasi taqdimot marosimi ham o‘tkazildi.

Tadbirda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan film namoyish etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 18) ( 0) ( 18) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют