» » Sodiq Imomiy: Rog‘un GESi O‘zbekistonga ham elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiladi

Sodiq Imomiy: Rog‘un GESi O‘zbekistonga ham elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiladi


Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazida Tojikistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomiy jurnalistlar bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Muloqot avvalida elchi O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga yaqinda amalga oshirgan davlat tashrifi tarixiy ahamiyatga ega bo‘lganiga alohida e’tibor qaratdi. Bu tashrif ikki mamlakatning o‘zaro aloqalarida yangi sahifa ochgani, xalqlar manfaatlariga xizmat qiladigan ko‘plab masalalarga yechim topgani bilan ana shunday xususiyat kasb etdi.

Ikki davlat rahbarlari barcha imkoniyatdan foydalangan holda, o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun keng maydon yaratishga intilgani tufayli mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar yuqori bosqichga ko‘tarildi.

O‘zbekiston va Tojikiston davlat chegaralarida o‘tish punktlari ochilgani azaldan yaqin qo‘shni, qardosh bo‘lib kelgan ikki xalq hayotida muhim ahamiyat kasb etdi. Uzoq vaqt bir-birini ko‘rmagan yaqin qarindoshlar, do‘stu birodarlarning o‘zaro diydorlashuvi katta xursandlikka sabab bo‘ldi.

Muloqot davomida elchi suv-energetika sohasidagi o‘zaro hamkorlik masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Qad rostlayotgan Rog‘un GESi nafaqat Tojikiston, balki mintaqa davlatlari, jumladan, O‘zbekistonga ham elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qilishini aytdi.

Suhbat asnosida elchi O‘zbekistonda qabul qilingan Harakatlar strategiyasi bo‘yicha o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Qayd etilganidek, O‘zbekiston siyosatining besh yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan ushbu hujjatda Markaziyo Osiyo mintaqasi bilan bog‘liq masalalar yechimiga ham e’tibor qaratilgan.

Elchi Afg‘oniston masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Bu mamlakatdagi vaziyat nafaqat afg‘on xalqi, balki qo‘shni davlatlar xalqlari uchun ham dolzarb ahamiyatga ega. Shu jihatdan 26—27-mart kunlari o‘tkaziladigan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi tashkil etilayotgani e’tiborga loyiq.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют