» » Shavkat Mirziyoyev Tojikiston parlamenti palata raisini qabul qildi 

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston parlamenti palata raisini qabul qildi 


Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahrida Tojikiston respublikasi parlamentining Majlisi namoyandagon palatasi raisi Shukurjon Zuhurovni qabul qildi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi o‘zaro munosabatlar tarixida yangi sahifa ochgani, tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha yakdil kelishuvlarga erishilgani qayd etildi. Ayniqsa, davlat chegarasi bo‘yicha shartnoma va fuqarolarning o‘zaro qatnoviga qulaylik yaratishga oid bitim ikki mamlakat munosabatlari, qardosh xalqlarning do‘stona aloqalariga zamin bo‘lishi alohida ta’kidlandi. Avtomobil va temir yo‘llarning ochilgani, Ishbilarmonlar kengashi tuzilgani ham bu borada muhim o‘rin tutadi.

Oliy darajada imzolangan hujjatlarni ratifikatsiya qilish, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Qonun chiqaruvchi organlardagi do‘stlik guruhlari ishini faollashtirish, o‘zaro tashriflar va tajriba almashinuvni ko‘paytirish zarurligi qayd etildi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi Amu zang chegara posti ochildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют