» » Shavkat Mirziyoyev Qozogiston Senati rahbari va Dariga Nazarboyevani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Qozogiston Senati rahbari va Dariga Nazarboyevani qabul qildi


Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-sentabr kuni Qozogiston parlamenti Senati Spikeri Kasim-Jomart Tokayev boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Bu haqda OzA xabar berdi.

Delegatsiya tarkibida Qozogiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi, senator Dariga Nazarboyeva ham bor edi.

Davlat rahbari mehmonlarni qutlar ekan, Qozogiston parlamenti delegatsiyasining Ozbekistonga tashrifi va Oliy Majlis palatalarida otkazilgan samarali muzokaralar natijalari ozaro aloqalarning mustahkamlanib borayotganidan dalolat berishini alohida takidladi.

Ozbekiston Prezidentining joriy yil mart oyida Qozogistonga va Qozogiston Prezidentining 16-sentabrda Ozbekistonga davlat tashriflari, shuningdek, davlat rahbarlarining muntazamlik kasb etgan va ishonchga asoslangan muloqoti keng kolamli Ozbekiston Qozogiston munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga kotarish va ularni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilgani qayd etildi.

Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlik, jumladan, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi aloqalarni yanada faollashtirish masalasiga alohida etibor qaratildi.

Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan ikki tomonlama kelishuvlar va qabul qilingan qarorlar ijrosini taminlash hamda ozaro manfaatli sheriklikka doir istiqbolli loyiha va dasturlarni ilgari surishda mamlakatlar parlamentlari muhim orin tutishi qayd etildi.

Dostlik va hamkorlik guruhlari ortasida muntazam uchrashuvlar otkazish, Ozbekiston va Qozogiston parlamentlarining tegishli qomitalari ortasida yaqin amaliy aloqalar ornatish muhimligi takidlandi.

Yuqori martabali mehmon Shavkat Mirziyoyevga samimiy va mazmunli uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, Qozogiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Kasim-Jomart Tokayev Qozogiston Respublikasi parlamenti ozaro dostlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash yolida Ozbekiston bilan faol va keng kolamli hamkorlikka tayyor ekanini yana bir bor takidladi.

Daryoning YouTubedagi rasmiy sahifasiga obuna boling

: admin (27-09-2017, 19:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -