Ronaldu Salohdan ustun, Rossiya Braziliya oldida ojiz, Argentina Italiyaga imkoniyat bermadi. Kecha bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvlari natijalari
Kecha 23-mart, juma kuni FIFA kunlari doirasida bir nechta xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Jahon chempionati mezboni Rossiya besh karra jahon chempionlari bo‘lmish Braziliyani qabul qilib, 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. O‘yindagi barcha gollar ikkinchi bo‘limda urildi.
Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi esa bugun APLda javlon urayotgan Muhammad Saloh jamoadoshlari — Misrga qarshi to‘p surdi. Krishtianu va Salohning o‘zaro qarama-qarshiligida portugaliyalik yulduzning qo‘li baland keldi. O‘yinda Muhammad Saloh hisobni ochganiga qaramay, Krishtianu Ronaldu o‘yin so‘nggida ikkita gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minlay oldi.
“Nemis mashinasi” — Germaniya esa Ispaniyaga qarshi kurash olib bordi. Qiziqarli o‘tgan o‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi. Gollar Rodrigo hamda Tomas Myuller tomonidan kiritildi.
Jahon chempionati yo‘llanmasidan quruq qolgan Italiya terma jamoasi bugun Etihad stadionida Oltin to‘pning besh karra sohibi Leo Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. O‘yin Messi jamoadoshlarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Quyida kecha bo‘lib o‘tgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari va ularning natijalari ko‘rsatilgan
O‘rtoqlik uchrashuvlari
23-mart, juma
Gollar: 0:1 – 53 Miranda, 0:2 – 62, penalti Filippe Koutino, 0:3 – 66 Paulino
Gol: 1:0 — 52 Mehmet Topal
Gol: 0:1 – 59 Blerim Jemaili.
Gollar: 0:1 – 32 Artyom Kraves, 1:1 – 38 al-Muvallad.
Gollar: 0:1 – 29, penalti Ziyesh, 1:1 – 37 Dushan Tadich, 1:2 – 40 Butaib.
Gol: 0:1 – 61, penalti Viktor Mozes.
Gollar: 0:1 – 6 Rodrigo, 1:1 – 35 Tomas Myuller.
Gollar: 1:0 – 75 Ever Banega, 2:0 – 85 Manuel Lansini.
Gol: 0:1 – 59 Jessi Lingard.
Gollar: 0:1 – 56 Muhammad Saloh, 1:1 – 90 Krishtianu Ronaldu, 2:1 – 90 Krishtianu Ronaldu.
Gollar: 1:0 – 11 Olive Jiru, 2:0 – 26 Toma Lemar, 2:1 – 28 Lukas Muriel, 2:2 – 62 Radamel Falkao, 2:3 – 85, penalti Kintero.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
