» » Dubayda “aqlli” avtoraqamlar joriy qilinadi

Dubayda “aqlli” avtoraqamlar joriy qilinadi


BAAning Dubay shahri yo‘l va transport boshqarmasi “aqlli” avtoraqamlarning sinovini boshladi. Bunday raqamlarning sonlari, dizayni va boshqa ma’lumotlari o‘zgarishi mumkin. Bu haqda UAE Inside xabar berdi.

Dubay bunday tizimni joriy qiladigan dunyodagi birinchi shahar bo‘ladi. Bu qadam Dubayni “dunyodagi eng aqllli shahar”ga aylantirish tashabbusining bir qismi sanaladi.

Yangi tashabbus Team Target International kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, bunday raqamlarni markazlashgan holda nazorat qilish mumkin bo‘ladi va ularning yordamida raqamlarni va transport vositalarining o‘g‘irlanishini bartaraf etishga imkon beriladi.

Raqamning afzalliklaridan yana biri shundaki, unga yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga rulni o‘rganuvchi boshqarib ketayotganligi haqidagi belgini qo‘shish mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют