» » Sergeli va Yangiobod bozorlari Yuqorichirchiq tumaniga kochadi

Sergeli va Yangiobod bozorlari Yuqorichirchiq tumaniga kochadi


Poytaxtdagi Sergeli va Yangiobod bozorlarini Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumaniga kochirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshbozorsavdo uyushmasi vakili malum qildi, deya xabar beradi Gazeta.uz.

Avtobozorni Sergeli tumanidan kochirish masalasi aholiga tugdirayotgan noqulaylik bilan asoslanmoqda. Bozor turar joy mavzelarini shahar markazi bilan boglovchi yolda tirbandliklarni keltirib chiqarmoqda. Yangiobod bozori esa uning ornini Yashnobod innovatsion texnoparki egallashi munosabati bilan kochirilmoqda.

Avvaliga bozorlarni poytaxt viloyatining Chinoz tumaniga kochirish imkoniyati korib chiqilgan edi. Biroq hozirda buning uchun Yuqorichirchiq tumanining Navroz mahallasidagi 50 gektar maydon taklif qilinmoqda, deya malum qildi uyushma vakili.

Toshbozorsavdoga zarurat tugilganda yangi joyga kochish uchun tadbirkorlarni yuk mashinalari va ishchi kuchlari bilan taminlash vazifasi topshirildi.

Toshkent shahar hokimligi vakili bozorlarni kochirish uchun takliflar ichidan aynan Yuqorichirchiq varianti tanlab olinganini tasdiqladi. Hozirda u yerda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Aniq Toshkent viloyatiga kochiriladi, biroq qachonligi hozircha nomalum, dedi poytaxt mamuriyati vakili.

Malumot uchun, Sergeli avtomobil bozori maydoni 23,7 gektar, ishlatilgan buyumlar savdosiga ixtisoslashgan Yangiobod bozori esa 15,1 gektarni tashkil etadi.

Eslatib otamiz, oldinroq Yangiobod bozori Bektemir tumaniga kochirilishi bildirilgandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-03-2018, 09:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -