» » Barselonadagi namoyishlar davomida kamida 35 kishi jarohatlandi

Barselonadagi namoyishlar davomida kamida 35 kishi jarohatlandi


Barselonada namoyishlar va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida kamida 35 kishi jabrlandi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Barselona va Kataloniyaning boshqa shaharlaridagi norozilik namoyishlari 23-mart, juma kuni kechqurun — Ispaniya Oliy sudi kataloniyalik 25 nafar siyosiy arbobga nisbatan ayblov e’lon qilganidan so‘ng boshlandi.

Ispaniya Oliy sudi sudyasi Pablo Lyarena tomonidan e’lon qilingan ayblov Kataloniyada mustaqilligi masalasida o‘tkazilgan referendum bilan bog‘liq; ayblanuvchilarning 13 nafari isyon uyushtirishda gumonlanmoqda.

Siyosiy arboblardan besh nafari, jumladan, Kataloniya jeneraliteti rahbari lavozimiga nomzod Jordi Turul hibsga olingan. Bundan tashqari, sudya Ispaniyadan tashqarida bo‘lib turgan besh siyosatchi, jumladan, Karles Puchdemonni hibsga olish uchun xalqaro oder bergan.

Barselonadagi 2 ming kishi qatnashayotgan norozilik namoyishlaridan birida namoyishchilar Ispaniya hukumatining Kataloniyadagi vakolatxonasi binosiga yaqinlashishga uringan, biroq politsiya ularning yo‘lini to‘sgan.

Namoyishchilar tartib posbonlariga qarata tutun shashkalari va shisha idishlarni uloqtirgan, politsiya to‘siqlarini yengib o‘tishga harakat qilgan. Huquq-tartibot organlari esa to‘qmoqlarni ishga solgan, bir necha bor bo‘sh patronlar vositasida havoga qarata o‘q uzgan.

Xabar berishlaricha, namoyishlar davomida hozirgacha 35 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan, shikastlanishlarning asosiy qismi lat yeyish bilan bog‘liq. 15 kishi esa turli tibbiyot muassasalariga yotqizilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют