» » Turk harbiylari va Suriya muxolifati Afrin ustidan to‘liq nazorat o‘rnatdi

Turk harbiylari va Suriya muxolifati Afrin ustidan to‘liq nazorat o‘rnatdi


Suriyaning Afrin shahri to‘liq turk harbiylari va muxolifatdagi “Suriya ozodlik armiyasi” (SOA) bo‘linmalari nazorati ostida. Bu haqda, Turkiya qurolli kuchlari bayonotiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Turkiya harbiy qo‘mondonligi bayonotiga ko‘ra, Afrin mintaqasidagi boshqa barcha aholi punktlari ham jangarilardan tozalangan.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on turk qo‘shinlarining Suriyadagi harbiy operatsiyalari Afrin bilan yakuniga yetmasligi, balki Manbij va Idlibga qadar davom etishini ta’kidlagani haqida xabar berilgan edi.

Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, “Zaytun novdasi” operatsiyasi boshlanganidan buyon Afrinda umumiy hisobda 3,7 ming jangari yo‘q qilingan (Turkiya rasmiylari ularning barini terrorchilar deb ataydi).

Turkiya qurolli kuchlari Bosh shtabi 20-yanvar kuni Suriyaning Afrin mintaqasidagi kurd bo‘linmalariga qarshi “Zaytun novdasi” operatsiyasi boshlanganini e’lon qilgan edi. Ushbu operatsiyada turk harbiylari bilan birga SOA bo‘linmalari ham qatnashmoqda.

Rasmiy Damashq Turkiyaning mazkur harakatlarini qat’iy qoralagan hamda Afrin Suriyaning ajralmas bir qismi ekanini uqtirib o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют