» » O‘zbekistonda Dailydress va Premoda brendlari kiyimlari ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda Dailydress va Premoda brendlari kiyimlari ishlab chiqariladi


“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida Misrning Shamsy Group kompaniyasi bilan to‘qimachilik va tikuvchilik-trikotaj sohasida hamkorlik, shuningdek, investitsiyalar jalb etish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda uyushmaning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Shamsy Group rahbari Ya.Shamsiy boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda to‘qimachilik korxonalari uchun yaratilgan sharoit va imtiyozlar bilan tanishdi. Kompaniyaning Yaqin Sharqda ommalashgan Dailydress va Premoda brendlari ostida tayyor kiyimlarni birgalikda ishlab chiqarishni taklif etdi.

Uyushma rahbariyati qo‘shma loyihalar uchun tadbirlar rejasini tayyorlash, shuningdek, Misrning yirik kompaniyalarini to‘qimachilik sohasidagi investitsiyaviy loyihalarga jalb etishni taklif qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют