» » Toshkentda “Shveysariya to‘qimachilik mashinasozligi” mavzusida Simpozium bo‘lib o‘tdi

Toshkentda “Shveysariya to‘qimachilik mashinasozligi” mavzusida Simpozium bo‘lib o‘tdi


14—15-mart kunlari Toshkentda “Shveysariya to‘qimachilik mashinasozligi” mavzusida Simpozium bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi xabar bermoqda. Unda Shveysariya to‘qimachilik mashinasozligi ishlab chiqaruvchilari va sohadagi korxonalar bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan Swissmem Shveysariya sanoatchilar ittifoqi, “O‘zbekiston-Shveysariya” do‘stlik jamiyati bilan hamkorlikda tashkil qilingan tadbirda vazirlik va idoralar vakillari, Shveysariyaning texnologik uskuna ishlab chiqaruvchilari va sug‘urta kompaniyalari, O‘zbekistonning to‘qimachilik kompaniyalari, ixtisoslashtirilgan o‘quv muassasalari vakillari qatnashdi.

“Kun.uz” yozishicha, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi birinchi o‘rinbosari  Bahodir Alixonov so‘nggi yillarda O‘zbekistonda to‘qimachilik mashinalarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahon bozori yetakchilaridan biri hisoblangan  Shveysariyaning Rieter kompaniyasi bilan to‘qimachilik uskunalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi. Prezidentning tegishli qarorlariga muvofiq Toshkentda to‘qimachilik texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi Rieter Uzbekistan korxonasi tashkil etildi, shu bilan birga zamonaviy trening-markaz ish boshladi. Mazkur markazda ishchilar yangi, zamonaviy texnologiyalarda to‘g‘ri ishlashni o‘rganishadi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, 2018—2021-yillar uchun Tuzilmaviy yangilanishlar, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishga doir qator chora-tadbirlar dasturi amalga oshirildi. Dastur doirasida umumiy hajmi 2,4 milliard dollarni tashkil qiluvchi 143 ta salohiyatli to‘qimachilik loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. To‘qimachilik mashinasozligi yetakchilari ishtirokida mamlakatning barcha hududlarida vertikal integratsiyalashgan to‘qimachilik komplekslari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek mavjud to‘qimachilik mashinasozligini modernizatsiya qilish va kengaytirish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют