» » O‘zbekiston 1 milliard dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini ekport qilish bo‘yicha shartnomalar imzoladi

O‘zbekiston 1 milliard dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini ekport qilish bo‘yicha shartnomalar imzoladi


O‘zbekiston XIII xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi natijalariga ko‘ra, to‘qimachilik mahsulotlari va yarim tayyor mahsulotlarni 1 milliard dollardan ortiq miqdorda eksport qilish bo‘yicha shartnomalar imzoladi, deb xabar berdi UzDaily.

Xusasan, shartnomalar Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Singapur, Moldova va boshqa mamlakatlardan kelgan kompaniya vakillari bilan tuzildi.

XIII xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi 23—24-oktabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Unda turli mamlakatdan 1500 dan ortiq mutaxassis ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan yarmarka jarayonida O‘zbekiston 1,32 milliard dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari va 550 ming tonna paxta tolasini sotish bo‘yicha shartnomalar imzolagan edi.

O‘zbekiston Prezidenti 2016-yilning oxirida “2017—2019-yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” qarorni imzoagan edi. Dasturda umumiy miqdori 2,2 milliard dollarlik 130 dan ortiq investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati tarmog‘i 2016-yilda 1,146 milliard dollarlik mahsulot eksport qilgan. Joriy yilda ushbu ko‘rsatkich 1,3 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-10-2017, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют