» » Tanzila Norboyeva: XMK loyihasi O‘zbekiston hukumatining paxta tolasi bo‘yicha strategik vazifalarini amalga oshirishga yordam beradi

Tanzila Norboyeva: XMK loyihasi O‘zbekiston hukumatining paxta tolasi bo‘yicha strategik vazifalarini amalga oshirishga yordam beradi


Xalqaro Moliya Korporatsiyasining O‘zbekistonda barqaror paxta ta’minot zanjirini rivojlantirish loyihasi o‘z faoliyatining dastlabki natijalarini taqdim etdi, deb xabar berdi UzDaily.

Har yillik paxta yarmarkasi doirasida, XMK, Jahon banki guruhining a’zosi, O‘zbekistonda paxta tolasini barqaror ravishda yetishtirishni rivojlantirish bo‘yicha loyihasining dastlabki natijalarini bozor ishtirokchilariga taqdim etdi. Dastlabki 7 oy mobaynida loyiha doirasida fermer xo‘jaliklarida paxtani barqaror ravishda yetishtirish standart tizimini joriy etish uchun infratuzilma ishlab chiqdi va sinov rejimida joriy etildi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnologiyalari diagnostikasi amalga oshirildi va paxtachilik samaradorligini oshirish va mexanizatsiyalashni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamkorligida XMK butun mamlakat bo‘ylab paxtani barqaror ravishda yetishtirish standartlari tizimini joriy etish bo‘yicha faoliyatini davom ettiradi.

“XMK loyihasi O‘zbekiston hukumatining paxta tolasini yetishtirish va terishni modernizatsiya qilish, uning samaradorligini oshirish va mexanizatsiyalash bo‘yicha strategik vazifalarini amalga oshirishga yordam beradi. Loyiha tufayli O‘zbekiston paxtachilikda ilg‘or amaliyotlarni joriy qiladi va natijada, fermerlar va to‘qimachilik korxonalarining qisqa muddatlarda xalqaro standartlarga javob bera olishi mumkin bo‘ladi”, — deya ta’kidladi O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Tanzila Norboyeva.

O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish dasturiga muvofiq, 2020-yilga qadar korxonalarning salohiyati respublikada yetishtirilayotgan paxta tolasini to‘liq qayta ishlashga imkon beradi. To‘qimachilik mahsulotlarini qabul qilingan xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarish paxta xomashyosini barqaror ravishda yetishtirishsiz mumkin emas. Fermerlar bilan birgalikda paxtani to‘qimachilik korxonalariga ishlab chiqarish va yetkazib berish tizimini ishlab chiqish va joriy etish o‘zbek mahsulotlarini yirik xalqaro bozorlarga olib chiqishni yengillashtiradi.

Ilhom Xaydarov, “O‘zbekyengilsanoat” AJ boshqaruvi raisi

XMKning sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi konsalting xizmatlari rahbari Tatyana Lozanskaya aytishicha, “Xususiy sektorning barqaror ravishda rivojlanishga ko‘maklashish XMKning strategik maqsadi hisoblanadi. O‘zbekistonda paxtachilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihamiz O‘zbekiston xususiy sektorining mamlakat iqtisodiyotidagi rolini oshirishga yo‘naltirilgan jarayonlarni jadallashtiradi. Paxtani yetishtirishda ilg‘or tajribalarni joriy etish, shuningdek, o‘zbek paxta tolasi va to‘qimachilik mahsulotlarining global raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi”.

 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-10-2017, 18:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют