» » “O‘zto‘qimachiliksanoat”: 2017-yilda eksport bo‘yicha kutilayotgan raqam 1,16 mlrd dollarga teng

“O‘zto‘qimachiliksanoat”: 2017-yilda eksport bo‘yicha kutilayotgan raqam 1,16 mlrd dollarga teng


O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar dunyoning 50 dan ortiq davlatlariga yetkazib berilmoqda. 2017-yilda eksport bo‘yicha kutilayotgan raqam 1,16 milliard dollarni tashkil etadi. Bunday ma’lumotlar O‘zbekiston to‘qimachilik va tikish-trikotaj sanoati korxonalari Assotsiatsiyasi (“O‘zto‘qimachiliksanoat”) tomonidan tashkillashtirilgan to‘qimachilik va tikish-trikotaj sanoatining jadal rivojlanishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tildi, deb yozadi UZ24.

Yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar ulushi 40 foizdan ortiqni tashkil qildi. Agar 2017-yilning boshida mamlakatda 293 ta eksport qiluvchi korxonalar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, yil yakunlariga ko‘ra ularning umumiy soni 350 taga etdi. Ayni paytda, dunyoning turli mamlakatlarida faoliyat yuritayotgan 64 ta savdo uylarining sa’y-harakatlari sohaning eksport ko‘rsatkichlari yanada ortishiga xizmat qilmoqda.

Shuningdek tadbirda to‘qimachilik va tikish-trikotaj sanoatida 2017-yilda erishilgan yutuqlar xususida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilga mo‘ljallangan Investitsion dasturi va 2017—2020-yillarda to‘qimachilik va tikish-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish Dasturi sohani yuksaltirish uchun dasturilamal bo‘ldi.

Matbuot anjumanida klasterlar yaratilishi to‘qimachilik sanoati yanada  rivojlanishining eng samarali shakllaridan biriga aylanishi alohida ta’kidlab o‘tildi. Ushbu model paxta yetishtirish, unga birlamchi ishlov berish, so‘ng paxta tozalash korxonalarida qayta ishlash va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tayyor to‘qimachilik mahsulot ishlab chiqarishdan iborat bo‘lgan yagona ishlab chiqarish davrini yaratishni nazarda tutadi. Ushbu vazifadan kelib chiqib Navoiy viloyatida tashkil etilgan tajriba-sinov natijalarini hisobga olgan holda, o‘rta muddatli istiqbolda paxta-to‘qimachilik klasterlarini rivojlantirish Kontsepsiyasining loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Xususan, joriy yili sohada amaldagi korxonalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda yangi quvvatlarni yaratishga qaratilgan 34 ta investitsion loyiha amalga oshirildi. Ushbu loyihalarning umumiy qiymati 356,9 million dollarga teng bo‘lib, eksport salohiyati 151,7 million dollarni tashkil qildi.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 88) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют