» » O‘zbekistonda yo‘lovchi tashishda band Damas’lar o‘rnini Peugeot’lar egallaydi

O‘zbekistonda yo‘lovchi tashishda band Damas’lar o‘rnini Peugeot’lar egallaydi


O‘zbekistondagi yo‘lovchi tashish sohasida foydalanilayotgan Damas’lar bosqichma-bosqich Peugoet mikroavtobuslariga almashtiriladi. Bu haqda O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi rahbari o‘rinbosari Shoolim Shovahobovga asoslanib “Xalq so‘zi Onlayn” xabar tarqatdi.

Xabar berishlaricha, Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive avtozavodi o‘z mahsulotlarining birinchi turkumini 2018-yil dekabr oyida yetkazib berishni rejalashtirmoqda.

Bu yerda ikki rusumdagi — “Pejo bokser” (10-12 xil modifikatsiyali) va “Pejo ekspert” (7 ta modifikatsiya) avtomobillari ishlab chiqariladi. Yiliga birinchi turdagi model 3 mingta, ikkinchisi esa 13 mingta tayyorlanadi.

Shoolim Shovahobovning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekistonda yo‘lovchi tashishda 36 mingta Damas’dan foydalanilayapti.

To‘g‘ri, bugungi kungacha yurtimiz viloyatlari shahar oldi va shahar yo‘nalishlarida Damas’lar qatnayapti. Poytaxtda esa ular endi yo‘q. Joriy yilning to‘rtinchi choragida Jizzaxda 11 va 17 o‘rinli yangi mikroavtobuslarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur texnika bosqichma-bosqich yo‘llarimizdagi Damas’larni almashtiradi. Tashuvchilar ushbu texnikani kutishayapti, bizning agentlikda ham bunday mikroavtobuslarni sotib olish bo‘yicha dastur bor. Bu xuddi, masalan, O‘zbekistonda Tico ishlab chiqarish to‘xtatilgandan so‘ng, Matiz va Spark ishlab chiqarishga o‘tilgani kabi yangi bosqichga ko‘tarilish bo‘ladi.

Shoolim Shovahobov, O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi rahbari o‘rinbosari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 3) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют