» » Rossiya “Sberbank”i o‘z bo‘limlarida “islomiy darcha”larni ochishni rejalashtirdi

Rossiya “Sberbank”i o‘z bo‘limlarida “islomiy darcha”larni ochishni rejalashtirdi


Rossiya “Sberbank”i o‘z bo‘limlarida “islomiy darcha”larni ochishni rejalashtirdi. Bu haqda bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Oleg Ganeyev ma’lum qildi, deya xabar berdi “Azon.uz”.

Uning tushuntirishicha, bu darchalarda mijozlarga shariat talablariga muvofiq xizmat ko‘rsatiladi.

“Bu bankning kross-funksional ishchi guruhi vazifalaridan biridir. Tabiiyki, ‘Sberbank’ning butun infratuzilmasida emas, balki jismoniy shaxslarning talabi yuqori bo‘lgan joylarda bu darchalarni ochamiz”, — deya mazkur g‘oyani tushuntirdi Ganeyev.

“Sberbank” vakili bunday darchalar Boshqirdiston, Tatariston va Chechenistonning ba’zi banklarida allaqachon ochilgani haqida ma’lumot berdi. Islomiy banking oddiy bankingdan kreditdan foiz olishga nisbatan, savdo suiste’molliklariga nisbatan hamda barcha vaqt bilan bog‘liq operatsiyalarga nisbatan qo‘yilgan taqiqlari bilan farqlanadi. Bu mantiqdan, masalan, fyuchers kontraktlari bilan savdo qilish man etilishi kelib chiqadi.

“Azon.uz” saytining qayd etishicha, pul-mol munosabatlarida halollik tamoyiliga rioya etishning xayr-baraka omili ekanligi islom dinining ustivor haqiqatlaridan. Bu haqiqatni boshqalar bilmasa ham, biz bilmoqqa burchlimiz. Zero, halol iqtisodiy muomilot borasida yozilgan ilmiy kitoblarning bir qanchasi shu zaminda, shu yurt farzandlari bo‘lgan buyuk ulamolar tomonidan bitilgan. Ta’bir joiz bo‘lsa, shu yurt olimlari bu sohada dunyoga ustoz bo‘lishgan.

Hozirda foizsiz bank yuritishning zamonaviy tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, u dunyoning turli hududlarida muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Bunda bank tadbirkorga pul berib foiz belgilamaydi, balki bo‘lajak biznes-loyihada sheriklik qilishni ko‘zlaydi. Qizig‘i shundaki, bu tizimdan nafaqat musulmonlar, balki musulmon bo‘lmaganlar ham faol foydalanmoqda. Bank mijozlarining ba’zilarini islomiy banking insofga to‘g‘ri kelishi bilan, boshqalarni qulayligi bilan, banklarni esa ko‘proq mijoz jalb qilish ilinji o‘ziga jalb qilmoqda.

Ko‘rib turibmizki, Rossiya “Sberbank”ini ham mamlakat bank sohasidagi hali “teginilmagan” ushbu imkoniyatlar o‘ziga tortgan. Foizli kreditlarni olmaydigan musulmon tadbirkorlar qatlami Rossiyada katta va tobora o‘sib bormoqda. Bu “bozor”ni egallamaslikni rus bankirlari aqlsizlik deb hisoblayotgan bo‘lsalar ne ajab?

O‘zbekistonda ham bu soha shundoqqina foydalanilmasdan turibdi. Foizli kreditni olmaydigan, “qani edi islomiy banking bo‘lsa!” deb uni orzu qilib yurgan tadbirkorlar yurtda bir necha mingdan ortiqligiga shubha yo‘q.

Ustiga ustak, mamlakat bank sohasida faoliyat yuritayotgan azizlar (aksari) musulmon farzandlaridir va ular ham kasblari ularga, oilalariga xayr-barakali bo‘lishiga albatta mushtoqdirlar, degan ishonchdamiz. Qo‘shimchasiga islomiy banking yurt, davlat va jamiyat yaxshiliklar omili ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, voqelikning hamma jihatlari bu sohani rivojlantirish uchun “ovoz” bermoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют