» » “O‘zbekenergo” “Surxon—Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasini qurishga kirishdi

“O‘zbekenergo” “Surxon—Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasini qurishga kirishdi


“O‘zbekenergo” Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni ko‘paytirish maqsadida “Surxon—Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasini qurishga kirishdi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoyev ma’lum qildi, deya xabar beradi Spot.

“Biz O‘zbekistonda qurilish ishlariga kirishdik. Iyun oyidan Afg‘oniston hududida ishlarni boshlaymiz”, — dedi Mustafoyev Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya matbuot markazidagi chiqishida.

Jamiyatga ko‘ra, 260 kilometr uzunlikdagi liniya Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni 70 foizga — yiliga 6 milliard kilovatt-soatgacha ko‘paytirish imkonini beradi. Loyihani amalga oshirish muddati 2020-yil oxirigacha etib belgilangan.

Dastlabki qiymati 150 million dollar bo‘lgan loyihani moliyalashtirish Afg‘oniston hukumati (120 million dollar) va “O‘zbekenergo” mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston 15 yil ichida Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni 30 barobarga oshirgani ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют