» » Ramzan Qodirov to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda federal qidiruvda bo‘lgan jinoyatchini ko‘rsatdi

Ramzan Qodirov to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda federal qidiruvda bo‘lgan jinoyatchini ko‘rsatdi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda federal qidiruvga berilgan sobiq maslahatchisi Shaa Turlayev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvini ko‘rsatdi. Video Qodirovning “VKontakte”dagi rasmiy sahifasiga joylandi.

Respublika rahbari o‘z tanishi bilan tushlik qilmoqchi bo‘lgan Benoy qishlog‘idan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya olib bordi. Dastlab Qodirov obunachilariga o‘zlari o‘tirgan joydan ko‘rinib turgan tog‘ manzalarini va yozilgan dasturxonni ko‘z-ko‘z qildi, so‘ng birga ovqatlanib o‘tirgan oshnalarini ham ko‘rsatdi.  Xasavyurt sobiq meri Saygidpasha Umaxanov va siyosatchi Isa Yamadayevga nisbatan suiqasd tashkillashtirilishi haqidagi ish bo‘yicha 2010-yildan buyon federal qidiruvda bo‘lgan Turlayev ham kadrga tushib qoldi.

“Eng yaxshilarning eng yaxshilari”, — deya kadr ortida izohlab turdi Qodirov o‘z tanishlarini videoga olar ekan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют