» » O‘zbekistonda chet tillarni bilish darajasini baholashning milliy test tizimi ishlab chiqildi

O‘zbekistonda chet tillarni bilish darajasini baholashning milliy test tizimi ishlab chiqildi


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi mutaxassisi “Chet tillarni bilish darajasini baholashning milliy test tizimi” dasturini ishlab chiqdi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar bermoqda.

Tizimni ishlab chiqishdan maqsad xorijiy til bo‘yicha bilim va malaka darajasini aniqlashni istovchilar uchun qulayliklar yaratishdan iborat. Foydalanuvchidan hech qanday qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatish talab etilmaydi. Test sinovida bir vaqtning o‘zida bir necha kishi qatnashishi mumkin.

Tizimning vazifasi xalqaro e’tirof etilgan standartlarga muvofiq xorijiy tillarni bilish darajasini baholashning milliy test tizimini ishlab chiqish va joriy etish, masofadan turib internet orqali testdan o‘tkazishni tashkil etish, xorijiy tilni bilishiga qarab davlat namunasidagi tegishli malaka sertifikatini berishdan iborat.

Dastur muallifi Nizomiddin Ochilovga DGU 04964 raqamli guvohnoma berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют