» » Rossiya barcha yo‘nalishlarda raketalar joylashtirdi va yangi zarba tizimini tayyorlamoqda

Rossiya barcha yo‘nalishlarda raketalar joylashtirdi va yangi zarba tizimini tayyorlamoqda


Rossiyada har bir strategik yo‘nalishda uzoq masofaga harakatlanuvchi qanotli raketalar tashuvchilarning havo, dengiz va yerda joylashgan guruhlari tashkil etildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri birinchi o‘rinbosari, Qurolli kuchlar Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimov ma’lum qildi, deb yozadi “Vesti”.

“Oxirgi mahalliy urushlar, ayniqsa, Suriya hududidagi operatsiyalar tajribasi dushmanni har tomonlama mag‘lub etish tizimlarini mukammallashtirishga yangi turtki berdi”, — dedi u Bosh shtab harbiy akademiyasi konferensiyasida.

Dushmanni har tomonlama mag‘lub etish tizimi samaradorligini oshirish uchun yuqori aniqlikdagi qurolni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dushmanga olovli ta’sir ko‘rsatish uzluksizligini ta’minlash uchun razvedka-zarba va razvedka-olovli konturlar tashkil etilmoqda. Natijada razvedkadan nishonni zabt etishgacha bo‘lgan vaqt 2-2,5 marta  qisqarishi lozim. Shunga qaramasdan, nishonga tekkizish aniqligi 1,5-2 marta oshadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 32) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют