» » Telegram’da stikerlarni qidirish funksiyasi paydo bo‘ldi

Telegram’da stikerlarni qidirish funksiyasi paydo bo‘ldi


Telegram messenjeri iOS uchun 4.8 va Android uchun 4.8.5 yangilanmalarini chiqardi, ular yettita yangi funksiyaga ega. Bu haqda kompaniya blogida xabar berildi.

Endi Telegram messenjeri orqali katta hajmdagi fotosuratlarni yuborish, stikerlarni qidirish mumkin bo‘ldi. Ko‘plab dizaynerlar o‘z stikerlarini yaratdi. Stikerlar jamlanmalarining umumiy soni 500 tadan oshdi. Shundan kelib chiqib, Telegram tezkor qidiruvni ishga tushirdi. Bunda kalit so‘zni kiritish yoki Emoji smayliklaridan birini qo‘llash mumkin, shundan so‘ng dasturning o‘zi zarur mavzu bo‘yicha smayliklarni taklif qiladi.

Fotomateriallarni jo‘natish uchun esa yangi “+” tugmasini bosish kerak, shunda fotosuratlar o‘z manziliga yuboriladi.

Bundan tashqari, tungi rejimning avtomatik yoqilishi, avtorizatsiya uchun vidjet, fotosurat izohidagi matnni formatlash, kanal yoki guruhlardagi ma’lum bir xabar yuzasidan shikoyat yuborish imkoniyatlari ham paydo bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют