» » Toshkentdagi tumanlararo ro‘yxatdan o‘tish va imtihon olish bo‘limlariga bepul Wi-Fi tarmoqlari o‘rnatildi

Toshkentdagi tumanlararo ro‘yxatdan o‘tish va imtihon olish bo‘limlariga bepul Wi-Fi tarmoqlari o‘rnatildi


Toshkent shahridagi yangidan tashkil etilgan va amaldagi tumanlararo ro‘yxatdan o‘tish va imtihon olish bo‘limlariga bepul Wi-Fi’lar o‘rnatildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev Yakkasaroy tumanida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot ma’lum qildi, deb xabar beradi “Telegraf.uz”.

Mazkur qaror ro‘yxatga olish, haydovchilik guvohnomalarini olish va almashtirish kabi jarayonlarda qo‘shimcha qulayliklarni yaratish maqsadida  qabul qilindi.

Shuningdek, Toshkent shahridagi barcha yangidan tashkil etilgan va amaldagi tumanlararo ro‘yxatdan o‘tish va imtihon olish bo‘limlarida fuqarolarga tezkor xizmat ko‘rsatish uchun qo‘shimcha oynalar tashkil etildi.

Ayni vaqtda, Toshkentda 5 ta tumanlararo ro‘yxatdan o‘tish va imtihon olish bo‘limlari mavjud.

Eslatib o‘tamiz,  Toshkent shahar IIBB YHXB bosh imtihon olish markazi hamda barcha bo‘limlar dushanba kunlari ham faoliyat ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют