» » Toshkent shahar YHXB yangi ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmasini ochmoqda

Toshkent shahar YHXB yangi ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmasini ochmoqda


Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida 12-mart kunidan Mirobod tumani Vodil ko‘chasi 54-uy manzili bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXBning yana bir ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmasi ochilmoqda. Bu haqda shahar IIBB ma’lum qildi.

Ushbu bo‘linma Mirzo Ulug‘bek tumani aholisiga xizmat ko‘rsatadi. Shu kundan Yakkasaroy tumani aholisi Sergeli tumani “Sergeli-avto bozori” MChJ hududida joylashgan YHXBning 1-sonli tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmasi tomonidan xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu esa o‘z navbatida Yunusobod va Chilonzor tumanlarida joylashgan YHXB TRIBlarda navbatlarni qisqarish hamda aholiga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘lim va barcha bo‘linmalarida xaftaning dushanba kuni ish kuni qilib belgilandi. Faqatgina Chilonzor tumanida joylashgan 3-tumanlararo bo‘linmada ta’mirlash ishlari tufayli 19-mart kunidan boshlab har dushanba ham ishlash yo‘lga qo‘yilmoqda.

Hozirda IIBB YHXB RIB va TRIBlar hamda ular xizmat ko‘rsatadigan tumanlar to‘g‘risida ma’lumot:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют