» » Air Canada borti tutay boshlaganligi sababli Vashingtonga qo‘ndi

Air Canada borti tutay boshlaganligi sababli Vashingtonga qo‘ndi


Kanadaning Air Canada aviakompaniyasi yo‘lovchi samolyoti kabinasi tutay boshlaganligi sababli Vashingtonning Dalles nomidagi xalqaro aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda 25-mart kuni CTV telekanali xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

Bort Torontodan Vashingtonga yo‘l olgan edi, biroq boshqa aeroport — Reygan nomidagi aeroportga qo‘nishi kerak edi. Samolyotda 63 nafar yo‘lovchi va to‘rt nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Ular uchish-qo‘nish yo‘lagida avariya chiqish yo‘li orqali samolyotni tark etgan. Hech kim jabrlanmagan.

Vashington aeroportlari boshqarmasi vakilining ma’lum qilishicha, hodisa boshqa reyslarning kechikishi yoki bekor qilinishiga sabab bo‘lmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют