» » United Airlines samolyoti to‘lib ketgan hojatxonalar tufayli majburiy qo‘nishni amalga oshirdi

United Airlines samolyoti to‘lib ketgan hojatxonalar tufayli majburiy qo‘nishni amalga oshirdi


Amerikaning United Airlines aviakompaniyasi samolyoti to‘lib ketgan hojatxonalar tufayli majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.

Denverdan Gavayiga yo‘l olgan havo kemasi qo‘nishga bir necha soat qolganda ortga burildi va San-Fransisko aeroportiga qo‘ndi. Yerga qo‘ngandan so‘ng samolyotni almashtirish haqida qaror qabul qilindi. Bu yo‘lovchilarning sakkiz soatlik parvoziga yana sakkiz soat kutishni qo‘shdi.

Yerda xizmat ko‘rsatuvchilar Denverda parvozdan oldin samolyotga xizmat ko‘rsatmaganligi aniqlandi. Kompaniya aybini yuvishga harakat qildi va yo‘lovchilarga qo‘shimcha 10 ming bonus mil yoki 200 dollarlik vaucher taklif qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют