» » Grigoriy Lepsning Toshkentdagi konserti ikkinchi marta ham qoldirildi

Grigoriy Lepsning Toshkentdagi konserti ikkinchi marta ham qoldirildi


Grigoriy Lepsning  “Istiqlol” san’at saroyidagi konsert dasturi ikkinchi marotaba ham qoldirildi. Grigoriy Lepsning 27-fevral kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konsert dasturi uning shaxsiy muammolari tufayli 26-mart kuniga qoldirilgan edi.

Grigoriy Lepsning 26-mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konserti Rossiya Federatsiyasidan texnik apparaturalarning yetib kelmaganligi uchun qoldirildi. Bu haqda konsert tashkilotchisi “Mastershow” tashkiloti rahbari Achilov Javdat jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

Grigoriy Lepsning “Istiqlol” san’at saroyidagi 26-mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konsert dasturi qoldirildi. Grigoriy Lepsning mazkur konsertini Rossiya Federatsiyasidan texnik apparaturalarning yetib kelmaganligi uchun qoldirishga majbur bo‘ldik. Ayni vaqtda dasturni may oyida bo‘lib o‘tishi haqida muzokaralar olib borilmoqda.

Achilov Javdat, konsert tashkilotchisi

Eslatib o‘tamiz, Grigoriy Lepsning konsert dasturiga eng arzon chipta — 120 ming so‘m, eng qimmati esa 2 million so‘mdan sotilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют